Turkiyadagi O'zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi O'zbekistonliklar ogohlantirildi
  • 9
  • 24.02.2025 10:46:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar katta pul va’da qilayotgan jinoiy guruhlar haqida ogohlantirildi

So‘nggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar O‘zbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti va’da qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali o‘tkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda. Shu sababli, O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan fuqarolarni turli noqonuniy va’da va tavsiyalarga ishonmaslikka chaqirdi. Bunday noqonuniy faoliyatga jalb qilingan fuqarolar Turkiya qonunchiligiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilmoqda va 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News