Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
  • 16
  • 26.09.2024 07:33:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroildagi o‘zbekistonliklarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi. Fuqarolar Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishga va zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikka, raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.

21-sentabr kuni Isroil mudofaa vaziri “Shimol o‘qlari” deb nomlangan hujum operatsiyasini e’lon qilgan va mamlakatdagi murakkab vaziyat sabab Netanyaxu aholiga “Hizbulloh” muassasalari yaqinidagi hududlarni tark etishni aytgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News