
- 0
- 16.06.2025 07:47:00
- 1 daq o'qish
Eronda vaziyat sababli O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlar fuqarolari Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Turkmaniston ularni chegaradan o‘tkazib, transport, ovqat, boshpana va boshqa zarur yordam ko‘rsatdi. Jarayon xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” doirasida amalga oshirildi.
❗️13-iyun kuni Isroil Erondagi harbiy va yadroviy obyektlarga hujum uyushtirdi. Eron javoban 200 dan ortiq dron va raketa bilan Isroilga zarba berdi. Har ikki tomonda talafotlar bor, to‘qnashuv davom etmoqda.