
- 9
- 15.09.2023 08:46:00
- 1 daq o'qish
Ilk marta bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi "1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” 2023 yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023 yil 2-oktyabr — dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
Manba: uznews.uz