
- 7
- 23.03.2023 08:27:00
- 1 daq o'qish
Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan 07:53 da qayd etilgan 4,9 magnitudali zilzila sezilish kuchi Sirdaryo viloyatida 2-3 ballni, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida 2 ballga teng bo‘ldi.
Tojikistonda 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da qayd etilgan 6 magnutudali zilzila ham O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgan, uning kuchi 4-5 ballni tashkil etgandi.
Manba: Daryo.uz