
- 5
- 21.08.2024 15:18:00
- 1 daq o'qish
Qirg‘izistonning “Tulpar” kompaniyasi va O‘zbekistonda jamoat transporti haqini to‘lash uchun mo‘ljallangan to‘lov kartasi — ATTO hamkorligida memorandum imzolandi. Endi Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohat haqini “Tulpar” kartalari bilan, O‘zbekiston fuqarolari esa Bishkekda ATTO kartalari orqali to‘lashlari mumkin bo‘ladi.
Texnik ishlab chiquvchilar tomonidan ikki tizimni birlashtirishga tayyorgarlik boshlangan.