
- 0
- 25.08.2025 12:19:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada yo‘lovchi o‘zbekistonlik taksi haydovchisini haqoratlab, o‘zbeklar ruslarning qullari deb tahqirlagani aks etgan video tarqaldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjal kirakashning yo‘lda turib qolgani sabab kelib chiqqan. Yo‘lovchi baland ovozda so‘kinib, haydovchiga: “O‘zbekistonda hech narsa yo‘qligi uchun bu yerda ishlab yuribsan. Qulsan!” – degan. Holat yuzasidan hozirda rasmiy munosabat berilgani yo‘q.