O‘zbekistonliklar Ruminiyaga 3 xil ish turi bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Ish haqi 750 yevrodan boshlanadi

O‘zbekistonliklar Ruminiyaga 3 xil ish turi bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Ish haqi 750 yevrodan boshlanadi
  • 10
  • 18.10.2023 07:15:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonliklar Ruminiyaga qurilish ishlariga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar uch ish turi: payvandchi (MIG/MAG), CNC dastgohi operatori, chilangarlik bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Ish vaqti haftasiga 40-48 soat. Ish haqi esa 750 yevrodan boshlanadi (soliqlar chiqarib tashlanganda). Ish beruvchi hisobidan:

  • O‘zbekistondan Ruminiyaga aviachipta;
  • Ruminiya ishchi vizasi va ishlash ruxsatnomasi;
  • yotoqxona;
  • bir mahal ovqat (tushlik);
  • tibbiy va boshqa sug‘urtalar. 

Nomzodlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan: 

  • 25-45 yosh bo‘lishi;
  • rus yoki ingliz tilini bilishi;
  • qurilish sohasida 3 yillik ish tajribasi;
  • arxitektura-qurilish chizmalarini bilishi;
  • sudlanmagan bo‘lishi;
  • qurilish sohasida sertifikatga ega bo‘lishi.

Suhbatga biometrik va xorijga chiqish pasporti, kasbini tasdiqlovchi sertifikati bilan kelishi talab etiladi. Tanlov o‘tkaziladigan hudud va sana:

  1. 18-19-oktyabr Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi 44-uy. Mo‘ljal: Xadradagi “Asakabank” binosi orqasida joylashgan “Xadra o‘quv markazi”.
  2. 20-oktyabr Samarqand shahri, Narpay ko‘chasi 7b-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi. Mo‘ljal: Sanoat kolleji yonida.

    Manba: daryo.uz
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News