
- 2
- 21.07.2025 11:19:00
- 1 daq o'qish
“O‘zbekneftgaz” Ai-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarishni 2025-yil sentabr oyida to‘liq to‘xtatmoqchi.Ushbu qaror “O‘zbekiston–2030” strategiyasining ekologik maqsadlariga muvofiq qabul qilingan. Rejaga ko‘ra, 2026-yildan boshlab mamlakatda faqat yuqori oktanli – Ai-92 va undan yuqori benzinni ishlab chiqarish va sotish yo‘lga qo‘yiladi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida prisadka yordamida arzonroq Ai-92 benzin ishlab chiqarish ishlari boshlab yuborilgan. Ai-80 esa 2025-yil oxirigacha omborlardan to‘liq chiqariladi.