“O‘zbekneftgaz” AI-80 benzinini sotishni to‘xtatdi

“O‘zbekneftgaz” AI-80 benzinini sotishni to‘xtatdi
  • 0
  • 02.09.2025 15:52:00
  • 1 daq o'qish

“O‘zbekneftgaz” 2-sentabrdan boshlab AI-80 benzinini birja savdolarida sotishni to‘xtatdi. Kompaniya endilikda AI-92 benzinini ko‘proq hajmda taklif qilmoqda: ilgari 1 000 tonna sotilgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 1 720 tonnaga yetdi. Avgust oyida xarid qilingan AI-80 benzini esa mavjud qoldiqlar asosida sentabr oyida ham yetkazib beriladi. Eslatib o‘tamiz, iyul oyida kompaniya bosqichma-bosqich yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga o‘tishi va faqat AI-92 ni birjaga joylashtirishini ma’lum qilgandi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar AI-80 benzinidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News