O‘zbekiston bugun final uchun o‘ynaydi! ⚽️ 🔥

O‘zbekiston bugun final uchun o‘ynaydi! ⚽️ 🔥
  • 8
  • 15.03.2023 12:07:00
  • 1 daq o'qish

Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Toshkentda oʻtayotgan Osiyo kubogi yarim final uchrashuvida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Jahon Chempionatiga chiqish vazifasini bajargan terma jamoamiz futbolchilari endi final va qit’a chempionligi uchun o‘z yurishlarini davom ettirishadi. Uchrashuv soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, yarim finalning ikkinchi juftligida Yaponiya va Iroq terma jamoalari kuch sinashadi. G‘olib jamoa finalga yo‘l olsa, mag‘lub jamoa 3-o‘rin uchun bahsda ishtirok etadi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News