
- 8
- 24.08.2024 14:01:00
- 1 daq o'qish
23-avgust kuni “Miss Universe Uzbekistan”ning toj kiyish marosimida Nigina Faxriddinova g‘olib chiqdi va dunyodagi eng nufuzli go‘zallik tanlovlaridan biri “Koinot go‘zali”da rasman mamlakatimizning birinchi vakili bo‘ldi. O‘zbekiston 72 yil ichida ilk bor bu tanlovda ishtirok etadi.
“Koinot go‘zali” 1952-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda, tanlovning bu yilgi finali 16-noyabr kuni Meksikada bo‘lib o‘tadi.