O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi
  • 6
  • 24.07.2024 17:01:00
  • 1 daq o'qish

Numbeo portali 2024-yilning birinchi yarmi bo‘yicha xavfli mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Mazkur hisobotga ko‘ra, 1-o‘rinni Venesuela, 2-o‘rin Papua Yangi Gvineya, va 3-o‘rinni Gaiti egallagan. O‘zbekiston esa 146 mamlakat ichida 120-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonda jinoyatchilik indeksi 29, xavfsizlik indeksi 71 ballni tashkil etgan va Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topilgan.

Eng oxirgi o‘rinlarda Andorra, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Qatar joy olgan bo‘lib, bu mamlakatlar eng kam jinoyatlar sodir etiladigan va xavfsizlik darajasi yuqori deya tan olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News