O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng innovatsion davlat deb topildi

 O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng innovatsion davlat deb topildi
  • 0
  • 18.09.2025 09:27:00
  • 1 daq o'qish

BMTning 2025-yilgi Global innovatsion indeksi e’lon qilindi. 139 davlat orasida O‘zbekiston 79-o‘rinni egallab, mintaqada yetakchi bo‘ldi. 2024-yilda mamlakat 83-o‘rinda edi. Qozog‘iston 81-o‘rinda, Qirg‘iziston 96-o‘rinda, Tojikiston 108-o‘rinda qayd etilgan, Turkmaniston reytingga kiritilmagan. Jahon bo‘yicha Shveysariya (1-o‘rin), Shvetsiya (2-o‘rin) va AQSh (3-o‘rin) yetakchilik qilmoqda. Xitoy 10-o‘ringa ko‘tarilib, Germaniyani 11-o‘ringa tushirdi.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston “innovatsiyalarga kiritilgan sarmoyalar” bo‘yicha 69-o‘rinni (o‘tgan yilga qaraganda yuqori), “innovatsiyalardan olingan natijalar” bo‘yicha esa 92-o‘rinni egalladi (o‘tgan yilga qaraganda past) va 8 ko‘rsatkich yaxshilandi, 3 tasi yomonlashdi.

Global innovatsion indeks mamlakatlarning innovatsion salohiyati, bilim va texnologiyalar rivoji hamda ishbilarmonlik muhiti asosida baholanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News