
- 4
- 20.05.2023 13:29:00
- 1 daq o'qish
Kim o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘shalarni tarkibga kiritdik. Argentina? Ular bilan o‘tgan yili ham o‘ynaganmiz. Raqibning so‘nggi o‘yinlarini tahlil qildik, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik. Shunga yarasha tayyorgarlik olib boryapmiz. Kuchli raqib, ammo nom yuzasidan hech qanday bosim yo‘q.
Jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad? Avval ham jahon chempionatlarida ishtirok etganmiz. Shu sababli oldimizga oliy maqsadni qo‘yganmiz. Qolaversa, avvalgi natijalarimizni (eng yaxshisi — chorakfinal) yaxshilashni ham maqsad qilganmiz. Bolalarning ishtiyoqi baland, ularda o‘zlariga nisbatan ishonch bor. O‘ylaymanki, kichik mundialga tayyormiz.