O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tiladi

O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tiladi
  • 0
  • 10.09.2025 07:39:00
  • 1 daq o'qish

8-sentabr kuni Prezident ta’lim tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda maktabga tayyorlov guruhlari maktab ta’limiga qo‘shilib, 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish topshirig‘i berildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabovning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgarish natijasida ta’lim sifati oshadi, o‘quvchilar xorijiy oliygohlarga foundation kurslarini o‘tmasdan, bevosita bakalavriat bosqichiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, maktabgacha ta’limni rivojlantirish, tarbiyachilar malakasini oshirish va oliy ma’lumotli kadrlar ulushini ko‘paytirish choralari belgilandi. Shu maqsadda pedagogika universitetlarida tarbiyachilar uchun maqsadli qabul joriy qilinib, 5+1 formatida ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News