❗️O‘zbekistonda naqd pulga uy-joy olish va sotish cheklanadi

❗️O‘zbekistonda naqd pulga uy-joy olish va sotish cheklanadi
  • 1
  • 01.07.2025 06:08:00
  • 1 daq o'qish

 

26-iyun kuni Oliy Majlis Senatidagi majlisda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdisini naqd pulda amalga oshirish cheklanadi.
Unga ko‘ra, bu qaror yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va barcha yirik hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish maqsadida qabul qilinmoqda.
Endilikda uy-joy oldi-sotdisi faqat naqdsiz to‘lov orqali – bank aylanmasi orqali amalga oshiriladi. Bu tartib xufiyona bitimlarni kamaytirish va qonuniy savdoni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News