
- 3
- 22.11.2024 16:09:00
- 1 daq o'qish
Prezident qarori bilan, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi sifatida “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi beriladi.
Ushbu guvohnoma bilan 5 yil muddatga Oʻzbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish, koʻchmas mulk sotib olish, mehnat faoliyati bilan shugʻullanish, tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.