
- 0
- 12.07.2025 12:32:00
- 1 daq o'qish
Tojikiston va Qozog‘istonda kuydirgi (Sibir yarasi) holatlari ko‘paygani sababli O‘zbekiston kasallik kirib kelishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 55 ta chegara punktida o‘tuvchilar chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. Gumon qilingan holatlar bo‘yicha tashxis qo‘yish va davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bundan tashqari, kasallik o‘choqlarida tuproqdan namunalar olinib, laboratoriyalarda doimiy nazorat olib borilmoqda.
Kuydirgi (Sibir yarasi) – Bacillus anthracis bakteriyasi sababli yuzaga keladigan xavfli infeksion kasallik bo‘lib, asosan hayvonlardan yuqadi. Odamlarda kasallik teri, o‘pka yoki me’da-ichak shaklida kechishi mumkin. Odamdan odamga yuqmaydi. Kasallik asosan kasal hayvon bilan aloqa qilish yoki yaxshi pishmagan go‘sht iste’moli orqali yuqadi.