O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi
  • 6
  • 19.08.2023 08:57:00
  • 1 daq o'qish

Nodavlat notijorat tashkilotlari va O‘zbekiston biznes tuzilmalari Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Gumanitar yordam allaqachon Lvov viloyatining Drogobitskiy tumani ma’muriyati, Ijtimoiy siyosat bo‘limi va Lvov viloyati maxsus tibbiy yordam bo‘yicha kengashiga topshirilgan.

Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal, sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 157 771 grivna (taxminan 4 273 dollar) bo‘lgan tibbiy shprislar, tibbiy paxta va infuzion tizimlar jo‘natilgan. Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi gumanitar aksiya ishtirokchilariga samimiy minnatdorlik bildirgan.

Manba: xabardor.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News