O‘zbekiston yoshlar jamoasi Gibraltarni tor-mor etdi

O‘zbekiston yoshlar jamoasi Gibraltarni tor-mor etdi
  • 6
  • 28.04.2023 12:29:00
  • 1 daq o'qish

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-20 jamoasi Ispaniyadagi yig‘in doirasida so‘nggi o‘rtoqlik bahsini Gibraltar yoshlariga qarshi o‘tkazib, javobsiz 4 ta to‘p kiritdi. Shahzod Akramov, Umid Sultonov, Abbos Fayzullayev va Shahzod Neʼmatjonov o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Ravshan Haydarov jamoasi yig‘in doirasida bungacha Braziliyaga (1:4) yutqazib, Dominikandan (3:0) ustun kelgandi. Ma’lumot uchun, kichik mundial 20-maydan Argentinada start oladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News