Oʻzbekistonning JCH formasi ESPN reytingida eng pastki o‘rinlardan joy oldi

Oʻzbekistonning JCH formasi ESPN reytingida eng pastki o‘rinlardan joy oldi
  • 1
  • 11.06.2026 13:34:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning ESPN telekanali 2026-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati ishtirokchilari formalarining reytingini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston milliy jamoasining oq rangli asosiy formasi 105 ta libos orasida 103-oʻrinni egalladi. Koʻk rangli safar formasi esa, 84-oʻrinda qayd etildi.

ESPN maqolasida 7Saber brendi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston formalaridagi soʻzana naqshlari va bayroq ranglari aks etgan bezaklar alohida tilga olingan. Telekanal safar formasining dizayni oq rangli asosiy formaga nisbatan muvaffaqiyatliroq chiqqanini ta’kidlagan.

Reytingda birinchi oʻrin Urugvay terma jamoasining safar libosiga nasib etgan. Ikkinchi oʻrinni esa, Yaponiya milliy jamoasining retro uslubdagi safar formasi egallagan. ESPN jurnalistlariga koʻra, safar formalari dizaynerlarga koʻproq ijodiy erkinlik bergani sababli ular reytingning yuqori qismidan joy olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News