📊 O‘zbekiston davlat qarzi oshdi

📊 O‘zbekiston davlat qarzi oshdi
  • 0
  • 29.05.2025 13:40:00
  • 1 daq o'qish

 

2025-yilning 1-choragida O‘zbekiston davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘payib, 42,4 mlrd dollarga yetdi. Shundan 35,55 mlrd dollarini – tashqi qarz, 6,87 mlrd dollarini esa – ichki qarz tashkil etgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi navbatdagi hisobotida maʼlum qildi.
Kreditlarning katta qismi Jahon banki (7,74 mlrd dollar), Osiyo taraqqiyot banki (7,44 mlrd dollar), Xitoy (3,6 mlrd dollar) va Yaponiya (3,1 mlrd dollar) moliya institutlari tomonidan ajratilgan.
Qarz mablag‘lari asosan byudjet qo‘llab-quvvatlash (16,8 mlrd $), energetika, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalariga sarflanmoqda.
Foiz to‘lovlari ham ortmoqda: 2025-yilda bu maqsad uchun 21,1 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, davlat qarzi 2025-yil yakunida 45,1 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News