O‘zbekiston TIV Rossiyada tahqirlangan kirakash bo‘yicha munosabat bildirdi

O‘zbekiston TIV Rossiyada tahqirlangan kirakash bo‘yicha munosabat bildirdi
  • 0
  • 28.08.2025 15:05:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik haydovchini “sen ruslarning qulisan” deb haqorat qilgan rossiyalik erkakning videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Mazkur voqeadan so‘ng Tashqi ishlar vazirligi “fuqarolar davlat himoyasida” degan mazmunda bayonot (https://t.me/TIVmatbuot/594) bilan chiqqan, biroq qo‘shimcha izoh bermagan. Vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov: “Bu xabarimiz xorijdagi barcha fuqarolarimizga, jumladan, ushbu holatga ham tegishli. Hozircha o‘sha fuqaroning murojaati bizga kelib tushgani yo‘q. Agar murojaat bo‘lsa, bu haqda ma’lumot beramiz”, – dedi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News