O‘zbekistonning tashqi qarzi 68 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 68 mlrd dollardan oshdi
  • 0
  • 07.07.2025 15:43:00
  • 1 daq o'qish

 

Markaziy bankning ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-choragi yakuniga qadar O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 68,4 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 14,9 milliard dollarga oshgan.

Davlat tashqi qarzi hajmi 35,8 milliard dollar, korporativ qarz esa 32,6 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Yanvar–mart oylarida umumiy tashqi qarz 4,3 milliard dollarga ko‘paygan.

Tahlillarga ko‘ra, korporativ qarzlarning asosiy qismini davlat kompaniya va banklari zimmasiga olgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News