
- 5
- 31.05.2024 14:39:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonning davlat qarzi o‘tgan yil davomida 5,7 milliard dollarga ko‘payib, 34,9 milliard dollarga yetdi. 2023-yilda davlat tashqi qarzi 3,7 milliardga oshib, 29,6 milliard dollarni tashkil etgan. Ichki qarz esa 2 milliard dollarga oshib, 5,3 milliard dollarga yetgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi:
Jahon banki — 6,6 mlrd dollar;
Osiyo taraqqiyot banki — 6,4 mlrd dollar;
Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 3,4 mlrd dollar;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — 2 mlrd dollar;
Xitoy Eksimbanki — 1,9 mlrd dollar;
Xitoy davlat taraqqiyot banki — 1,4 mlrd dollar;
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,3 mlrd dollar;
Islom taraqqiyot banki — 0,9 mlrd dollar;
Koreya iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi — 0,8 mlrd dollar;
Xalqaro valuta jamg‘armasi — 0,8 mlrd dollar;
Fransiya taraqqiyot agentligi — 0,7 mlrd dollar;
Yevropa davlatlari (Germaniya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Polsha, Avstriya) – 0,4 mlrd dollar:
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki — 0,3 mlrd dollar;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Yevropa investitsiya banki — 0,3 mlrd dollar;
Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar — 2,4 mlrd dollar.