O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini oshirish tavsiya etildi

O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini oshirish tavsiya etildi
  • 0
  • 25.06.2025 14:12:00
  • 1 daq o'qish

 

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonda pensiya tizimini barqarorlashtirish maqsadida pensiyaga chiqish yoshini  (hozirda erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh) bosqichma-bosqich oshirishni tavsiya qildi. Bu jamg‘armaning mamlakatga tashrifi yakunida berilgan rasmiy xulosada qayd etilgan.

Shuningdek, quyidagi choralarning zarurligi ta’kidlangan:

* pensiyani inflyatsiyaga qarab avtomatik indeksatsiya qilish;
* pensiya miqdorini mehnat davridagi o‘rtacha daromad asosida hisoblash;
* imtiyozli badallarni bekor qilish bilan birga standart stavkani oshirish.

XVJ nafaqalarni ehtiyojmandlik asosida qat’iy manzilli qilish va boshqa ijtimoiy yordam turlari bilan uzviy bog‘liq holda boshqarishni ham tavsiya etmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4,2 million nafarga yetgan, bu aholining 11 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Ammo huquqni muhofaza qiluvchi tizimlarda ishlagan pensionerlar bu statistikaga kiritilmagan.|

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News