
- 10
- 18.10.2023 10:37:00
- 1 daq o'qish
Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz, deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Isroil hujumi oqibatida tomoni vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
“G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.
Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz,» — deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda o‘t ochishdan tiyilishga chaqirgan.
17 oktyabrdan 18 oktyabrga o‘tar kechasi G‘azo sektorida “Al-Ahliy al-Ma’daniy” baptistlar shifoxonasi Isroil tomonidan aviazarbaga duchor bo‘lgan. Turli manbalarga ko‘ra, zarba natijasida tinch aholi vakillaridan 500 dan 810 nafargacha bo‘lgan inson halok bo‘lgan.
Holat yuzasida bayonot bergan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Al-Ahli kasalxonasiga qilingan hujumni “eng kuchli tarzda” qoraladi. Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ham hujumni xalqaro huquqning buzilishi deb atadi.
Shuningdek, o‘nlab davlatlarda hujum munosabati bilan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.