
- 1
- 22.09.2025 07:37:00
- 1 daq o'qish

“Ranking.kz” ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 14-sentabr holatiga O‘zbekiston dunyoda eng arzon benzin narxlari bo‘yicha 127 davlat ichida 30-o‘rinni egalladi. Mamlakatda bir litr benzinning o‘rtacha narxi 0,98 dollarni tashkil qilmoqda.
MDH davlatlari orasida eng arzon benzin Qozog‘istonda — 0,46 dollar, eng qimmat esa Moldovada — 1,44 dollar. Toshkent shahri esa 397 shahar ichida yonilg‘i narxi arzonligi bo‘yicha 90-o‘rinda turibdi (0,99 dollar).