O‘zbekiston Mobiuz’ni xalqaro sotuvga qo‘ydi

O‘zbekiston Mobiuz’ni xalqaro sotuvga qo‘ydi
  • 0
  • 10.06.2025 07:38:00
  • 1 daq o'qish

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Universal Mobile Systems” MChJ (Mobiuz) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro ochiq savdoni boshladi.Mazkur jarayonga Rothschild & Co (strategik va moliyaviy konsultant), KPMG (moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza), hamda Deloitte (mustaqil baholovchi) jalb etilgan.
2024-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sof tushumi 2,1 trln so‘mni, abonentlari soni esa 7,8 millionni tashkil etgan. 
Savdoda davlat kompaniyalari, sanksiyalangan shaxslar hamda ularning sheriklari ishtirok eta olmaydi. Xususiylashtirish ochiq raqobat tamoyillariga asoslangan bo‘lib, unda mahalliy va xalqaro investorlar qatnashishi mumkin.
Xususiylashtirish jarayoni uch bosqichda o‘tkaziladi:

1. Qiziqish bildirish
2. Majburiyatsiz takliflarni taqdim etish
3. Majburiyatli takliflarni taqdim etish

Investorlarning arizalari 2025-yil 1-avgust soat 18:00 (Toshkent vaqti)ga qadar qabul qilinadi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News