
- 2
- 17.07.2025 13:12:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Universal Mobile Systems (Mobiuz) mobil operatorini $300 millionga xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bloomberg’ga ko‘ra, Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va Yevropa investorlari kompaniyaga qiziqish bildirgan.
2024-yil oxirida Mobiuz 7,8 mln abonentga ega bo‘lib, bozor ulushi 20,9%ni tashkil qilgan. Kompaniyaning yillik daromadi $164 mlnga teng bo‘lgan.
Davlat Mobiuz’ning barcha aksiyalarini sotuvga qo‘ygan. Investorlar uchun arizalar topshirish muddati 1-avgustga qadar belgilangan.
Xususiylashtirish jarayoni 2022-yilda boshlangan bo‘lib, joriy yilning aprel oyida prezident bu borada yangi qarorni imzolagan.