
- 0
- 14.08.2025 11:02:00
- 1 daq o'qish
Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad boʻyicha rivojlangan davlatlarga (14 ming dollar) yetib olish uchun Qozogʻiston va Turkmanistonga qariyb 40 yil, Qirgʻizistonga 70 yil, Oʻzbekiston va Tojikistonga esa 100 yildan ortiqroq vaqt kerak, deyiladi Jahon banki hisobotida. Oʻzbekiston bu marraga Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng oxirgi boʻlib yetishi mumkin.
Bank 2023-yildagi yuqori daromadli davlatlardagi aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad – 14005 dollarni target qilib olgan. Prognozlarga koʻra, bu chegaraga Qozogʻiston va Turkmaniston 40 yilda, Qirgʻiziston 70 yil, Oʻzbekiston va Tojikiston 100 yildan koʻproq vaqt ichida yetishi mumkin.
Jahon banki 2025-yilda (2026-yilda ham) Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish 5,9 foiz atrofida boʻlishini prognoz qilgan.