
- 0
- 07.06.2025 08:35:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoa a’zolarini 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma olgani munosabati bilan mukofotladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze va 25 nafar futbolchiga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni berildi. Jamoaning sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanez esa “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, jamoa murabbiylar shtabi, shifokorlar, tarjimonlar, media va marketing xodimlari ham turli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi.