Rossiyada silovsinni bezovta qilgan oʻzbekistonlik jazolandi

Rossiyada silovsinni bezovta qilgan oʻzbekistonlik jazolandi
  • 0
  • 29.07.2026 16:01:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hayvonlar boshpanasiga bostirib kirgani uchun qo‘lga olindi.
Xavfsizlik xodimlari uni ushlaganida erkak o‘zini “Interpolning bosh payvandchisi” deb tanishtirib, oqibatlari og‘ir bo‘lishi bilan tahdid qilgan.
Keyinchalik aniqlanishicha, u boshpanaga avval birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan tanishini qidirib kelgan.
Politsiya erkakka nisbatan mayda bezorilik moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Ma’lum qilinishicha, u Rossiyada qonuniy asosda yashab kelgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News