O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon hamkorlikda elektr energiyasini Yevropa bozorlariga eksport qilmoqchi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon hamkorlikda elektr energiyasini Yevropa bozorlariga eksport qilmoqchi
  • 2
  • 19.10.2026 11:45:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon qayta tiklanuvchi elektr energiyasini Yevropa bozorlariga yetkazish bo‘yicha qo‘shma loyiha ustida ishlamoqda.

Loyihaga ko‘ra, Turkistonda ishlab chiqarilgan quyosh va shamol energiyasi Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjonga, u yerdan esa Yevropaga uzatilishi rejalashtirilgan. Uch davlat energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash va elektr energiyasini uzatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishgan. Ayni paytda loyiha yuzasidan texnik ishlar davom etmoqda.

Energetika koridorini 2032-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan. Loyiha Turkiy davlatlar o‘rtasidagi energetik hamkorlikni mustahkamlash va yashil energiyani xalqaro bozorlarga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News