
- 0
- 24.05.2025 18:18:00
- 1 daq o'qish
Rossiyaning Iznanka nashri O‘zbekiston Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida 2021-yilda tuzilgan “Shusha deklaratsiyasi”ga qo‘shilgani haqida xabar berdi.
Ushbu deklaratsiya mudofaa, harbiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi chuqur hamkorlikni nazarda tutadi.
Endilikda deklaratsiya uch tomonlama tus olib, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdagi harbiy-siyosiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uch davlat tashqi tahdid yoki mojaro yuzaga kelganda bir-biriga yordam berish, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish va razvedka ma’lumotlari almashishni rejalashtirgan. Hujjat yaqin kunlarda parlamentlarda ratifikatsiya qilinishi kutilmoqda.