O‘zbekiston Turkiy investitsiya jamg‘armasiga qo‘shildi

O‘zbekiston Turkiy investitsiya jamg‘armasiga qo‘shildi
  • 11
  • 02.11.2023 10:27:00
  • 1 daq o'qish

Prezident tomonidan 1-noyabr, chorshanba kuni imzolangan Qonun bilan Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari O‘zbekistonning Turkiy investitsiya jamg‘armasidagi ulushini Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan uning boshlang‘ich kapitalidagi 2 000 ta aksiyaga obuna bo‘lish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbai ekanligi belgilandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bitimning bajarilishi uchun mas’ul vakolatli organ etib, Markaziy bank Bitim bo‘yicha depozitariy funksiyasini bajarishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Anqarada o‘tgan navbatdan tashqari sammitida Turkiy investitsiya jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatlar imzolangan edi.

Manba: xabar.uz

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News