
- 2
- 29.05.2025 13:45:00
- 1 daq o'qish
29-may kuni Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni o‘zaro strategik sheriklikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi
▪️investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida;
▪️strategik ahamiyatga ega xomashyo sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
▪️migratsiya va harakatlanish erkinligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
▪️barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, madaniy merosni saqlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida;
▪️Iqlim jamg‘armasi va Italiya qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi bilan hamkorlik, Sogesid va Ansaldo kompaniyalari bilan “yashil” rivojlanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida.
Shuningdek, Italiya universitetlari va kompaniyalari bilan sheriklik bitimlari ham tuzildi. Muzokaralar yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko‘chaga Rim shahri nomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni 28-may kuni Samarqandga rasmiy tashrif bilan kelgan edi.