
- 11
- 22.09.2024 21:42:00
- 1 daq o'qish
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 11-tur bellashuvlari bugun, 22-sentyabr kuni yakunlandi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi Fransiya bilan bahsda g‘olib chiqdi. Qizlar jamoasi esa Turkiya ustidan g‘alaba qozondi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yakuniy jadvalda 3-o‘rinni egalladi. Qizlar terma jamoasi esa yakuniy jadvalda 12-pog‘onani band etdi.
Shuningdek, taxtalar kesimida, 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar bahslarida 4-taxtada Nodira Nodirjonova bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi olimpiadaga Toshkent mezbonlik qiladi.