O‘zbekiston urushdan jabrlangan falastinliklarni beg‘araz davolashga tayyor

O‘zbekiston urushdan jabrlangan falastinliklarni beg‘araz davolashga tayyor
  • 5
  • 12.11.2024 16:40:00
  • 1 daq o'qish

Mirziyoyev O‘zbekiston urushdan jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyorligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Saudiya Arabistoni raisligida o‘tgan navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi va O‘zbekiston urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni o‘z shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyorligi ma’lum qildi. Kun tartibiga muvofiq, xalqaro hamjamiyatning G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish, yuzaga kelayotgan vaziyatni tez fursatda siyosiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv Yaqin Sharq muammosini hal etishda katta qadam bo‘lishiga umid bildirdi.
Muhokamalardan so‘ng tomonlar mojaroning siyosiy-diplomatik yechimini jadal izlashga sodiqligini tasdiqlovchi qo‘shma rezolyutsiya qabul qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News