O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida kuchli uchlikda

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida kuchli uchlikda
  • 12
  • 19.09.2024 14:44:00
  • 1 daq o'qish

Budapeshtda Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda. Kecha musobaqaning 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tur doirasida O‘zbekiston yigitlar jamoasi Ukrainani 3:1 hisobida, qizlar jamoasi esa Gretsiya termasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. 7-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi 3-o‘rinda bormoqda, qizlar esa 11-o‘rinda.

Bugun 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda yigitlar jamoasi Serbiya bilan, qizlar esa AQSH jamoasi bilan to‘qnashadi. Ma’lumot uchun, AQSH tarkibida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Gulruhbegim Tohirjonova harakat qiladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News