
- 5
- 15.11.2024 15:40:00
- 1 daq o'qish
Equality Now xalqaro inson huquqlari tashkiloti Yevrosiyoda bolalar, erta va majburiy nikoh saqlanib qolgan davlatlar to‘g‘risida hisobotini eʼlon qildi.
Tadqiqotda Yevrosiyoning yettita davlati: Armaniston, Ozarboyjon, Gurjiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondagi bolalar nikohi, erta nikoh va majburiy nikoh (BEMN) muammosi har tomonlama tahlil qilingan. Yetti davlatning barchasi bolalar va majburiy nikohga oid qonunlarni isloh qilish bo‘yicha choralar ko‘rgan, biroq faqat Gurjiston va Ozarboyjon nikoh uchun minimal yoshni istisnosiz 18 yosh deb belgilagan. Qolganlari ota-ona roziligi yoki mahalliy hokimiyat ruxsati bilan 18 yoshga to‘lgunga qadar nikoh qurishga ruxsat beruvchi qonuniy qoidalarni saqlab qolmoqda.
O‘zbekistonda bolalar nikohi eng past ko‘rsatkich – 3,4 foiz bo‘lib, so‘nggi o‘n yil ichida sezilarli darajada kamaygan. Equality Now tashkiloti hukumatlarni nikoh uchun minimal yoshni istisnosiz 18 yosh etib belgilashga chaqirmoqda.