O‘zbekiston yetti oyda 130 mln dollarlik mobil telefon import qildi

O‘zbekiston yetti oyda 130 mln dollarlik mobil telefon import qildi
  • 11
  • 01.09.2023 12:51:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston 2023-yilning yanvar—iyul oylarida xorijdan qiymati 130 million dollarga teng bo‘lgan 1,9 million dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mobil telefonlar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 365 880 taga oshgan.

O‘zbekistonga yetti oyda eng ko‘p mobil telefon Xitoydan import qilingan — 1,7 million dona. Undan keyingi o‘rinlarda Vyetnam (189,2ming) va Hindiston (14,3 ming) turibdi. 

Mobil telefon import qilingan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 2,4 ming dona;
  • BAA – 1,9 ming dona.

O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida xorijdan qiymati 181,6 million dollarga teng bo‘lgan 2,7 million dona mobil telefon import qilingandi. Ularning aksariyati (2,1 million donasi) Xitoydan olib kelingan. 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 32 million nafarni tashkil etgan.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News