
- 8
- 28.10.2023 08:43:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston 2023 yilgi «Ayollar tinchligi va xavfsizligi indeksi» (Women Peace and Security Index) hisobotida 177 davlat ichida 94-o‘rinni egalladi.
Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida yomon ko‘rsatkichlardan biri. Mintaqada birinchi o‘ringa Turkmaniston (umumiy reytingda 58-o‘rin) loyiq ko‘rilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (70-o‘rin), Tojikiston (90-o‘rin) va O‘zbekistondan keyin Qirg‘iziston (95-o‘rin) egallagan.
Dunyo bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar Daniya, Shveytsariya va Shvetsiyada qayd etilgan, eng yomoni Afg‘oniston, Yaman va Markaziy Afrika Respublikasida.
WPS reytingini tayyorlashda mualliflar uchta toifaga taqsimlangan 13 ta ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatlardagi vaziyatni hisobga oladilar:
- inklyuzivlik (ta’lim, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, bandlik, mobil telefondan foydalanish, parlamentdagi ayollar ulushi);
- adolat (huquqiy kamsitishning yo‘qligi, odil sudlov imkoniyati, onalar o‘limi darajasi, tarafkashlik);
- xavfsizlik (turmushda zo‘ravonlikdan himoyalanish, ayollarning jamiyatda o‘z xavfsizligini idrok etishi, ayollarga nisbatan siyosiy zo‘ravonlik, qurolli to‘qnashuvlarga yaqinlik).
Hisobot uchun ma’lumotlar BMT agentliklari, Jahon banki, Gallup so‘rovlari va boshqalar kabi manbalardan to‘plangan.
WPS Index mualliflari ayollar o‘zini yaxshi his qilayotgan mamlakatlar odatda gullab-yashnashi, tinchlikparvar, demokratikroq bo‘lishi va iqlim o‘zgarishi ta’siriga yaxshiroq tayyor bo‘lishini ta’kidlaydilar.