O‘zbekiston may oyida rekord hajmda tarvuz eksport qildi

O‘zbekiston may oyida rekord hajmda tarvuz eksport qildi
  • 6
  • 03.06.2023 08:12:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistondan tarvuz yangi hosilining birinchi partiyalarini tashqi bozorlarga jo‘natish joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligida, o‘tgan yilgidan taxminan bir hafta ertaroq boshlandi. 

Ammo uning ommaviy eksporti may oyi o‘rtalarida start olgan edi va o‘tgan qisqa vaqt ichida O‘zbekiston 30 ming tonnadan ortiq yangi tarvuzlarni eksport qilib, mavsum boshida tarixiy rekord o‘rnatdi.

Dastlabki savdo statistikasiga ko‘ra, 2023-yil may oyida O‘zbekiston jami 30,4 ming tonna va umumiy qiymati 6,5 million dollarlik tarvuz eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jismoniy jihatdan 9 barobar va 2021-yil may oyiga nisbatan 12 barobar ko‘p ko‘rsatkichdir. Ushbu hajmning deyarli barchasi (99% dan ortig‘i) YeOII mamlakatlariga jo‘natildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan tashqi bozorlarga tarvuz jo‘natishning eng faol davri may oyining uchinchi o‘n kunligi bo‘lib, eksport hajmining qariyb 95 foizi ushbu oy hissasiga to‘g‘ri keldi. Boshqacha aytganda, joriy yil may oyining so‘nggi o‘n kunligida 29 ming tonnaga yaqin tarvuz O‘zbekistondan tashqi bozorlarga jo‘natildi, bu kuniga o‘rtacha 2,6 ming tonna degani.

O‘zbekiston tarvuzining joriy eksport mavsumi bu tarzda optimistik boshlanishi 2023-yilgi mavsum oxiriga qadar O‘zbekiston ushbu mahsulotning o‘tgan yilgi rekord eksportini yangilashi mumkin deya taxmin qilish uchun asos bo‘la oladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News