O‘zbekiston 7 oyda 1069 dona yuk avtomobillari eksport qildi

O‘zbekiston 7 oyda 1069 dona yuk avtomobillari eksport qildi
  • 4
  • 02.09.2023 13:41:00
  • 1 daq o'qish

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyul oylarida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 11,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1069 dona yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Yuk avtomobillari eksporti 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 630 taga oshgan.

O‘zbekiston 2023 yilning 7 oyida eng ko‘p yuk avtomobillarini eksport qilgan davlatlar:

- Qirg‘iz R.  – 765 dona

- Qozog‘iston – 256 dona

- Ozarbayjon – 32 dona

- Tojikiston – 11 dona.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News