- 7
- 02.03.2023 12:28:00
- 1 daq o'qish
Osiyo kubogi U-20 ochilishi marosimi doirasidagi 1-tur bahsida O‘zbekiston yoshlar jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushdi. “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari 32 mingdan ziyod muxlislar qarshisida ishonchli g‘alabaga erishdi.
37-daqiqada Abbosbek Fayzullayev jarima nuqtasidan yo‘llagan ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi. 68-daqiqada esa Abbosbek Fayzullayevning burchak zarbasidan keyin suriyaliklar to‘pni o‘z darvozalariga joylab qo‘yishdi – 2:0.
A guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Indoneziya Iroqqa mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, O‘zbekiston va Iroq 1-turdan keyin guruhda peshqadamlik qilishmoqda. Keyingi bahs ushbu jamoalar o‘rtasida 4-mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.