
- 1
- 08.07.2025 09:26:00
- 1 daq o'qish
6-iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan 17-BRIKS sammitida O‘zbekiston BRIKS tashkilotining hamkor davlati sifatida tan olindi.
Sammitda Indoneziya to‘liq a’zolik maqomini oldi, O‘zbekiston esa Qozog‘iston, Belarus, Kuba, Nigeriya kabi 10 davlat bilan birga hamkorlik maqomiga ega bo‘ldi.
Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, BRIKS bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muvozanatli va amaliy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, savdo, investitsiya, ilm-fan va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.