
- 0
- 20.10.2026 11:00:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSH davlat kotibi Marko Rubio va AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, xavfsizlik, energetika, transport va raqamli texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida 12 milliard dollarlik yangi kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, yil boshidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 35 foizga oshgani qayd etildi.
Tadbir yakunida Marko Rubio O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, Serjio Gor esa ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
#casia #news #Uzbekistan #AQSH