O‘zbekiston va Qirg‘iziston transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni birgalikda bartaraf etadi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni birgalikda bartaraf etadi
  • 7
  • 16.05.2023 13:08:00
  • 1 daq o'qish

Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev 14-may kuni O‘zbekistonga keldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev bilan uchrashgan. Vazirlar transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlagan.

Mazkur hujjat 9 banddan iborat bo‘lib, undan qo‘shma mashg‘ulotlar, seminarlar, axborot almashish tizimini takomillashtirish va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar joy olgan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News